Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Messi va Gvardiola koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln yevrodan xayriya qilishdi

messigvardiola - Messi va Gvardiola koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln yevrodan xayriya qilishdi

“Barselona” sardori Lionel Messi va “Manchesterr Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola koronavirusga qarshi kurashishga 1 million yevro ($1.08 million) dan xayriya qilishdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Argentinalik futbolchi koronavirusni o‘rganayotgan Kataloniyadagi Hospital Clinic shifoxonasiga va o`z vatanidagi yana bir tibbiy markazga xayriya qildi.

“Lionel Messi koronavirus bilan kurashishga klinikamiz uchun xayriya qildi”, deb yozadi kasalxonaning twitterdagi sahifasi. “Biz Leodan ko‘rsatgan yordami uchun minnatdormiz. Qo`llab-quvvatlagani uchun rahmat”.

Shuningdek, “Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Gvariola ham Anxel Soler Daniel jamg’armasi va Barselonadagi tibbiyot kolleji tomonidan tashkil etilgan kampaniyaga o’z hissasini qo’shdi.

«Pep Gvardiola COVID-19 pandemiyasi bilan kurashish uchun tibbiy jihozlarni sotib olish va yetkazib berish uchun Angel Soler Daniel jamg’armasiga bir million yevro xayriya qildi», deyiladi kollej bayonotida.

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniyada hozirgacha qariyb 40 ming kishi koronavirusga chalinib, 2696 kishi vafot etgan.

 65 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan