Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

AQSH pandemiyaning yangi oʻchogʻiga aylanishi mumkin

usapandemiya - AQSH pandemiyaning yangi oʻchogʻiga aylanishi mumkin

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (BSST) spikeri Margaret Xarris AQSH koronavirus pandemiyasining yangi oʻchogʻiga aylanishini taxmin qildi.

“Biz AQSHda virusga chalinish holatlari juda tezlashganini kuzatmoqdamiz, shu bois, bu ehtimoldan holi emas”, dedi Xaris Jenevada boʻlib oʻtgan brifing davomida.

BSST maʼlumotlariga koʻra, butun dunyo boʻyicha yangi turdagi koronavirusga chalinganlar soni 330 mingdan ortgan. Shu bilan birga, oxirgi sutka davomida qayd qilingan holatlarning 85%i Yevropa va AQSHga toʻgʻri kelmoqda.

Shu koʻrsatkichning 40 foizi Amerika hissasiga toʻgʻri keladi. Dushanba kungi maʼlumotlarga koʻra, AQSHda yangi turdagi koronavirusga chalinganlar soni 42 mingdan oshgan, 559 kishi vafot etgan.

 87 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan