Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Toshkentda Milliy gvardiya mayori “boʻlgan” Gulbahor qoʻlga olindi

milliygvardiya - Toshkentda Milliy gvardiya mayori “boʻlgan” Gulbahor qoʻlga olindi

Toshkent shahrida oʻzini Milliy gvardiya xodimi deb tanishtirgan firibgar ayol qoʻlga olindi. U fuqarolardan ishga kiritish uchun koʻp miqdorda pul olgani aytilmoqda. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilda fuqarolar tomonidan Milliy gvardiyaga kelib tushgan murojaatlarning birida “Gulbahor” ismli ayol oʻzini “mayor” unvonidagi “Milliy gvardiya xodimi” deb tanishtirib, ishga kiritib qoʻyish uchun 15.800.000 soʻm va 300 AQSH dollari miqdoridagi pul va shu kabi boshqa masalalarda fuqarolarning ishonchiga kirib ulardan katta miqdordagi pul mablagʻlarini undirayotganligi maʼlum qilingan.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida Milliy gvardiya masʼul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida “Gulbahor” qoʻlga olinib Toshkent shahar IIB ga topshirilgan.

Toshkentda Milliy gvardiya mayori “boʻlgan” Gulbahor qoʻlga olindi

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1966-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan, muqaddam 3 marotaba sudlangan, bugungi kunda Toshkent shahri, Sirgʻali tumanida roʻyxatsiz yashab kelayotgan fuqaro G.Sultonova ekanligi maʼlum boʻlgan.

Bugungi kunda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro Gulbahorga nisbatan JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) va 211-moddasi (“Pora berish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 160 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan