Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Oʻzbekistonliklar koronavirusni aniqlash tizimini ishlab chiqdi

Covid19 - Oʻzbekistonliklar koronavirusni aniqlash tizimini ishlab chiqdi

Oʻzbekistonlik mutaxassislar COVID-19 koronavirusini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Bu haqda OAV xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, mutaxassislar ushbu ishlanmani yaratish ustidagi izlanishlarni bundan bir oy oldin, virusning dunyo boʻylab tarqalishi avj olgan va Oʻzbekistonda ham paydo boʻlish xavfi ortib borayotgan bir paytda boshlagan edi.

Butun jarayon uchun 5-6 soat talab etilishini inobatga olgan holda aytish mumkinki, bu tezkor tahlil emas, balki faqat ixtisoslashgan laboratoriyalarda ishlatilishi mumkin boʻlgan toʻliq test tizimidir.

Mahalliy test tizimini yaratish jarayonida Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasi koʻmak berdi. Elchixona AQSHda ishlab chiqarilgan ijobiy nazorat namunalarini tezkor yetkazib berishni tashkil qildi.

 175 Umumiy ko'rildi,  6 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan