Shan. Mar 28th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

“Hayot bor ekan, sinov bor, qiyinchilik bor” – Shavkat Mirziyoyev koronavirus haqida

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqga yoʻllagan Navroʻz tabrigida koronavirus infeksiyasini yengib oʻtishga ishonch bildirdi.
PrezidentSHM - “Hayot bor ekan, sinov bor, qiyinchilik bor” – Shavkat Mirziyoyev koronavirus haqida

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqga yoʻllagan Navroʻz tabrigida koronavirus infeksiyasini yengib oʻtishga ishonch bildirdi.

“Hurmatli doʻstlar! Hammamiz yaxshi bilamiz, Navroʻz tinchlikni, sihat-salomatlikni qadrlab, asrab-avaylab yashashga daʼvat etadi. Tinchlik va sogʻliqni asrasak, qolgan narsalarga albatta erishamiz. Lekin hozirgi global dunyoda bu juda murakkab vazifa boʻlib qolayotganini barchamiz koʻrib-bilib turibmiz.

“Yil yilga oʻxshamaydi”, degan gap bejiz aytilmagan. Hayot hech qachon bir tekis kechmaydi. Hayot bor ekan, sinov bor, qiyinchilik bor. Bu haqiqatni shu kunlarda yana-da chuqur his etmoqdamiz. Bugun koronavirus infeksiyasi degan jiddiy bir xavfga duch keldik. Davlatimiz, hukumatimiz bu xatarni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni koʻrmoqda.

Goʻzal diyorimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qatʼiy nazar, barcha yurtdoshlarimiz yana-da jipslashib, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va masʼuliyat koʻrsatib, moʻtabar keksalarimizning duo fotihalari bilan bu sinovdan eson-omon oʻtamiz, deb ishonaman”, degan prezident Shavkat Mirziyoyev.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 nafarga yetdi.

 206 Umumiy ko'rildi,  2 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan