Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Apple barcha davlatlardagi do‘konlarini yopadimi?

Apple Xitoydan boshqa davlatlardagi barcha do‘konlarini yopadi
Apple Store iPhone ipad 1024x683 - Apple barcha davlatlardagi do‘konlarini yopadimi?

Apple Xitoydan boshqa davlatlardagi barcha do‘konlarini yopadi

Kompaniyaning Xitoy tashqarisidagi ofislari xodimlari masofadan ishlash tizimiga o‘tadi. Ofisga kelishi shart bo‘lgan xodimlar esa o‘z hamkasblari bilan masofa saqlashlari kerak bo‘ladi.

Apple koronavirus sababli Xitoydan boshqa davlatlardagi barcha do‘konlarini vaqtincha yopishga qaror qildi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Tim Kukning bayonotida ma’lum qilindi.

Foydalanuvchilar onlayn do‘kon xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Qo‘llab-quvvatlash xizmati ham onlayn faoliyat olib borishda davom etadi.

Apple kompaniyasining chakana do‘konlari AQSh, Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Turkiya va yana bir nechta boshqa davlatlarda bor.

Kompaniyaning Xitoydagi do‘konlari o‘z faoliyatini qaytadan boshladi. Bu mamlakatdagi do‘konlar fevral boshida koronavirus sababli yopilgandi.

Kompaniyaning Xitoy tashqarisidagi ofislari xodimlari masofadan ishlash tizimiga o‘tadi. Ofisga kelishi shart bo‘lgan xodimlar esa o‘z hamkasblari bilan masofa saqlashlari kerak bo‘ladi.

Jon Xopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 145 mingdan ortiq koronavirusga chalinish holati qayd etilgan, 5,4 ming kishi vafot etgan.

 53 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan