Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishi tezlashmoqda

b7d3bcb4bf440a69e378322c6d41332b - Koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishi tezlashmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab tarqalishi tezlashganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, koronavirus bilan bog‘liq dastlabki 100 mingta holat 67 kun ichida qayd etilgan bo‘lsa, keyingi 100 mingta holat uchun 11 kun kerak bo‘ldi. Uchinchi 100 mingtalik holat esa to‘rt kun ichida qayd etilgan.

JSST 24-mart, seshanba kuni, dunyoning 190 ta davlatida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha qariyb 335 mingta holatni qayd etgan. Qurbonlar soni 14,6 ming kishini tashkil qilgan.

Virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Xopkins universitetining ma’lum qilishicha, 382 ming kishi koronavirusni yuqtirib olgan, 16,5 ming kishi kasallikdan vafot etgan, qariyb 102 ming kishi tuzalib ketgan.

 236 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan