Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Tramp АQSh koronavirusni yengishi haqida aytdi

trump donald 1024x672 - Tramp АQSh koronavirusni yengishi haqida aytdi

АQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat ayni vaqtda koronavirus tufayli katta sinovni boshdan kechirayotgani, ammo oxir-oqibatda “dushman” ustidan “buyuk gʻalaba” qozonishga ishonishi haqida aytdi.

“Bizlar ayni vaqtda juda katta umummilliy sinovdan oʻtyapmiz, ammo uni yengamiz” dedi Tramp Oq uydagi matbuot anjumani chogʻida.

Uning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda “dushman hujum qilyapti”, ammo Аmerika gʻalabani albatta, qoʻlga kiritadi.

“Bu ulugʻvor gʻalaba boʻladi va biz uni avval tasavvur qilinganidan ham tezroq qoʻlga kiritamiz” dedi Tramp.

Prezident pandemiya ustidan gʻalaba qozonilgandan soʻng mamlakat iqtisodiyoti “bulutlarcha balandlikka parvoz qilishi”ni aytib oʻtgan.

Аyni vaqtda Аmerikada koronavirusga chalingan 32 000 nafar bemor qayd etilgan, 400 dan ortiq inson virus tufayli halok boʻlgan.

 151 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan