Dush. Mar 30th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Insoniyat tarixida uchragan eng talofatli pandemiyalar

pandemiya 1024x595 - Insoniyat tarixida uchragan eng talofatli pandemiyalar

Hozirgi kunda Koronavirus pandemiyasi dunyoga xavf solmoqda. Bugunga kelib dunyo boʻyicha 300 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, ularning 15 mingdan koʻpi vafot etgan, sogʻayishlar soni 100 mingga yaqinlashmoqda.

Pandemiya nima? Uning Epidemiyadan farqi nima?

Epidemiya — bu bir mamlakat hududida keng tarqaluvchi kasallik
Pandemiya — bu butun insoniyatga xavf soluvchi kasallik boʻlib, juda koʻp mamlakatlarda tarqalgan boʻladi. Kasallik pandemiya maqomini olishi uchun u kamida ikkita qitʼada tarqalgan boʻlishi kerak.

Tarixga nazar soladigan boʻlsak insoniyat turli kasalliklar oqibatida juda koʻplab talofatlar koʻrgan. Hozirgi kunda keng tarqalayotgan Koronavirus pandemiyasi bu insoniyat tarixidagi birinchisi emas. Eʼtiboringizga tarixda yuz bergan eng talofatli pandemiyalarni havola etamiz.

YUSTINIAN VABOSI (25-50 mln qurbon)

Insoniyat tarixidagi birinchi pandemiya “Yustinian vabosi” hisoblanib, XI — XII asrlarda deyarli butun dunyoda tarqagan va 50 millionga yaqin odamni hayotdan olib ketgan. Ammo bu sonlarlarni aniq deb boʻlmaydi. Bu vabo 200 yildan ortiq vaqt davomida insonlarga xavf solgan. Vabodan qurbon boʻlganlar soni oʻsha paytdagi dunyo aholisining chorak qismini tashkil etgan. Vabo oʻsha paytlarda dunyoning koʻplab hududlarini bosib olgan Vizantiya imperatori YUSTINIAN 1 sharafiga nomlangan.

SPID / OITS (35 mln qurbon)

OITSga aloqador dastlabki klinik holat 1981-yil 5-iyulda AQShda qayd etilgan. 1982-yilga kelib mamlakatda 771 ta bu virus bilan kasallanish holatlari qayd etilgan. Shulardan 618 tasi oʻlim bilan yakunlangan. Hozirgi kungacha 35 mln.dan ortiq inson OITS virusi orqali vafot etgan.

Koʻpchilik Afrikani OITS paydo boʻlgan hudud deb hisoblaydi. 2017-yilda JAR va BOTSVANA da qayd etilgan oʻlimlarning xar 4 tasidan biri aynan OITS tufayli boʻlgan.

Hozirgi kungacha bu virusga qarshi aniq vaktsina yoki dori topilmagan.

ISPAN GRIPPI (100 mln qurbon)

1918-yilga kelib butun dunyo Birinchi Jahon Urushi oqibatlari haqida bosh qotirayotgan bir paytda “Ispan Grippi” nomini olgan kasallik kelib chiqdi.

1918-1919-yillar oraligʻida 550 million kishi yoki Yer aholisining 29.5 foizi mazkur virus bilan zararlanadi. Turli maʼlumotlarga koʻra, u keltirib chiqargan kasallik tufayli 50 dan 100 milliongacha kishi vafot etgan.

Virusning “Ispan Grippi” nomini olishiga asosiy sabab kasallikning “oʻchogʻi” aynan Ispaniya hududida boʻlganligida.

QORA OʻLAT (200 mln qurbon)

1346-1353-yillarda dunyoga juda katta tezlikda tarqalgan insoniyat tarixidagi eng qirgʻinbarod pandemiyalardan biri hisoblanadi. Uning asosiy “oʻchogʻi” Yevropa va Osiyo boʻlgan. Tarixchilarning aytishicha bu kasallik dastlab Xitoyda keng tarqalgan boʻlib, keyinchalik “Buyuk Ipak Yoʻli” orqali Yevropaga kirib kelgan. Bu kasallik XIX asrgacha tarqalishda davom etgan. Hattoki 2017-yilda xam Madagaskarda “Qora oʻlat” qayd etilgan boʻlib, 1000 dan ortiq odam shu kasallik bilan zararlangan. Qurbonlar soni 170 tani tashkil etgan.

Turli maʼlumotlarga koʻra, bu pandemiya Yer yuzidan 200 mln.ga yaqin insonni olib ketgan. 1346-1353-yillarda Yevropa oʻzining 30-60 % aholisini “Qora oʻlat” tufayli yoʻqotgan. Bu oʻz davridagi barcha urushlardagi talofatlardan ham ancha koʻp edi.

CHECHAK (300 mln qurbon)

Chechak, chin chechak – odam va hayvonlarning oʻtkir yuqumli kasalligi. Oʻtmishda Yer yuzidagi barcha mamlakatlarda keng tarqalgan boʻlib, u haqdagi dastlabki maʼlumotlar Qadimgi Misr va Xitoy qoʻlyozmalarida uchraydi, keyinroq yunon va rimlik vrachlarning asarlarida qayd etilgan. Oʻrta asrlarda Roziy “Chechak va qizamiq haqida kitob” (“Kitob al-judariy val-hasba”) nomli asar yaratib, tibbiyot tarixida birinchi marta chechakni taʼriflab berdi va chechakga qarshi emlash kerak degan fikrga kelib, uni amalda qoʻlladi. Chechakning oldini olish haqidagi fikrlar Ibn Sino asarlarida ham ilgari surilgan. 1796-yilga kelib Yevropada ingliz shifokori E.Jenner chechakka qarshi emlashni taklif etganidan soʻnggina chechak ancha kamaydi. 1980-yil Jahon Sogʻlikni Saqlash assambleyasining 33-sessiyasida Er yuzida chin Chechakning butkul tugatilganligi rasmiy ravishda eʼlon qilindi.

Ammo bu kasalikka davo topilgunga qadar juda koʻplab insonlar aynan shu kasallik tufayli halok boʻlishgan. Taxminiy maʼlumotlarga koʻra bu kasallik Yer yuzidan 300 mln.ga yaqin insonni olib ketgan.

 266 Umumiy ko'rildi,  3 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan