Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Tramp koronavirus sabab Xitoydan “arazladi”

АQSh prezidenti Xitoyni koronavirusga nisbatan kech reaksiya koʼrsatishda ayblagan.
TRAMP 1024x683 - Tramp koronavirus sabab Xitoydan “arazladi”

АQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus epidemiyasi tufayli Xitoydan birozgina xafa ekanligini maʼlum qildi.

“Men Xitoy va rais Si Szin Pinni qanchalar hurmat qilishimga qaramay, toʻgʻrisini aytganda Xitoydan arazlaganman. Ular bu haqida bizga aytishlari kerak edi” dedi Oq uy rahbari Xitoydagi epidemiyaning ilk bosqichlarida ishora qilgancha.

Tramp shuningdek, JSST tomonidan keskin tanqid qilinayotgan boʻlishiga qaramay, koronavirusni “Xitoy virusi” jumlasi bilan atadi, Xitoyni Аmerika yordamidan bosh tortgani uchun tanqid qildi. Bu ishga “milliy gʻurur” sabab boʻlganini tilga olib oʻtdi.

Bundan biroz avvalroq АQSh prezidenti Xitoyni koronavirusga nisbatan kech reaksiya koʻrsatishda ayblagan va dunyo hamjamiyatini oʻz vaqtida xavfdan ogohlantirmagani uchun uni tanqid qilgan edi.

 157 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan