Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Vanga 2020-yil uchun qanday bashorat qilgandi?

Vanga 1024x566 - Vanga 2020-yil uchun qanday bashorat qilgandi?

Vangeliya Pandeva Gushterova (Vanga) dunyoga mashhur boʻlgan bashoratchi. U 1911-yil 31-yanvar kuni Makedoniyaning Strumitsa shaharchasida, dehqon oilasida dunyoga kelgan.

Vanga 12 yoshligida changli girdobda qolib ketadi va ogʻir jarohat oladi. Oqibatda uning koʻzi ojiz boʻlib qoladi. Baxtsiz hodisadan soʻng u bashorat qilish xususiyatiga ega boʻla boshlaydi.

Vanga Ikkinchi jahon urushi yillari jang maydonlaridan kimlar omon qaytishini aniq bashorat qilib, keng ommaga tanildi.

Shuningdek, bashoratchi dunyo hayotiga oid koʻplab bashoratlar qildi. U oʻz davrining yetuk shaxslari – siyosatchilar, yozuvchilar, faylasuflar bilan uchrashdi.

Tadqiqotchilar uning bashoratlari 85 foiz aniqlik bilan sodir boʻlishini aniqlashdi. Bunday koʻrsatkich juda yuqori hisoblanadi va Vangani buyuk bashoratchilar safidan mustahkam joy egallashiga sabab boʻldi.

Vanganing amalga oshgan ayrim bashoratlari:
– 2001-yilda AQSHdagi egizak binolarga uyushtirilgan terrorchilik hujumi;
– Sobiq ittifoq tuzumining qulashi;
– Ikkinchi jahon urushida Germaniyaning magʻlubiyati;
– Chernobil (Ukraina – 1986-yil) AESida sodir boʻlgan halokat;
– Indira Gandining (31-oktyabr, 1984-yil) suiqasd oqibatida oʻldirilishi;
– AQSH prezidenti Jonn Kennedining (22-noyabr, 1963-yil) suiqasd oqibatida oʻldirilishi;
– Muammar Kaddafi hukumatining agʻdarilishi;
– Chechen urushining yakuni;
– Sobiq ittifoq rahbari Leonid Brejnev vafotining aniq sanasi;
– Oʻz vafotining aniq sanasi.

Bolgariyalik buyuk bashoratchi Vanga olamdan oʻtganiga 23 yil boʻldi. Ammo u aytib ketgan bashoratlar ketma-ket oʻz isbotini topmoqda. Vanga 2020-yili dunyo ahlini qanday hayot kutishini ham albatta bashorat qilgan. Vanga aytgandiki, 2020-yil moliyaviy inqiroz bilan boshlanarkan. Koʻplab davlatlar inqiroz tufayli jiddiy aziyat chekadi.

Bundan tashqari, yer yuzida tabiiy ofatlar ham koʻp marotaba kuzatiladi. Bunga quyoshdagi faollashuv sabab boʻlarkan.

Vaqt keladi. Quyosh nur sochishda davom etadi. Lekin issiqlik bermaydi…, degandi Vanga.

Vaholanki, bu haqda hozirgi kunda NASA olimlari ham aytishmoqda.

Vanganing bashoratiga koʻra, Gʻarbiy Yevropada diniy masalada katta janjallar, toʻqnashuvlar sodir boʻladi.

Tartibsizliklar, toʻqnashuvlar bir necha yil davom etadi. 2020-yil oxiriga borib Ukraina va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlarga yechim topiladi.

2020-yili Rossiyani qurgʻoqchilik zabtiga oladi. Ammo Xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonadi. Xitoy, Hindiston, Rossiya ittifoqi tuziladi, degan Vanga.

 877 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan