Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Turkiyada ogʻir vaziyatda qolib ketgan oʻzbekistonliklarga yordam beriladi

Turkiyadagilar - Turkiyada ogʻir vaziyatda qolib ketgan oʻzbekistonliklarga yordam beriladi

Koronavirus pandemiyasi tufayli Turkiya davlatida mushkul vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonliklarga yordam beriladi. Bu haqida Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining matbuot kotibi Moxira Nurullayeva xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Turkiyada ogʻir vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonliklarni qoʻlab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ushbu loyiha orqali Turkiyada boʻlib turgan fuqarolarga moddiy va maʼnaviy koʻmak beriladi, ularga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy tozalash vositalari yetkazib beriladi.

Buning uchun Turkiyadagi yordamga muhtoj fuqarolardan ism-sharifi, telefon raqami va yashash manzili koʻratilgan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilliginingtelegram boti @UzbTrBotvatr.ozbekogrenciler@gmail.com pochta manzili orqali yuborishlari soʻralmoqda.

Ayni damda Oʻzbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi #birdamlik va #hamjihatlik ijtimoiy koʻmak loyihasini ishga tushirgan.

Uzbekistan Airways kompaniyasi dunyoning ayrim mamlakatlarida qolib ketgan oʻzbekistonliklarni charter reyslar orqali vatanga qaytarmoqda.

 117 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan