Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Samarqandlik erkak bolalarni koʼrsatmagani uchun sobiq rafiqasini o’ldirdi

Erkak hodisa kuni sobiq rafiqasining uyiga mast holatda kelgan.
5 1024x538 - Samarqandlik erkak bolalarni koʼrsatmagani uchun sobiq rafiqasini o’ldirdi

Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi 30 yoshli erkak farzandlarini koʼrsatishdan bosh tortgani uchun sobiq rafiqasini pichoqlab qoʼydi. Bu haqida viloyat huquqni muhofaza qilish organlari xabar bergan.

Erkak hodisa kuni sobiq rafiqasining uyiga mast holatda kelgan. Аynan shu sababli ham ayol bolalarini sobiq eri bilan koʼrishtirishdan bosh tortgan. Erkak rad javobini olgandan keyin, jahl otiga minib, sobiq ayolini pichoqlagan.

Аyolning otasi qizini qutqarishga harakat qilgan vaqti erkak unga ham pichoq urgan. Hodisa oqibatida ayol va uning otasi shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlar tomonidan kerakli yordam koʼrsatilganiga qaramay, ayol kasalxonada vafot etgan, erkak esa qoʼlga olingan. Аyni vaqtda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

 115 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan