Bugungi kunimizni internetsiz tasavvur etishimiz mushkul. Chunki kundalik axborotga bo'lgan ehtiyojimiz aynan mazkur manba hisobiga amalga oshiriladi. Ammo internet tarmoqlarida shov-shuv ko'tarishni maqsad qilgan ayrim fuqarolarning yolg'on axborot tarqatishi ming afsuski, so'ngi kunlarda ko'payib bormoqda.

Joriy yilning 17 oktyabrida «Navoiy kanal» telegram kanali orqali Qiziltepa tumanidagi paxta dala maydonida sifatsiz xira tushirilgan fotosurat paydo bo'ldi. Undagi izohlarga ko'ra fermer xo'jaligi rahbari fuqarolarni qo'rqitib, paxta terishga majburlamoqda, – deya qurolga o'xshash predmetni ushlab turgan shaxs aks etgan. Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida, tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish xodimlari tomonidan zudlik bilan maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Unda aniqlanishicha, 2020 yilning 10 oktyabrь kuni soat taxminan 14:40lar atrofida 36-sonli maktab-internatining ishchi xodimlari Qiziltepa tuman «Malikobod» MFYda joylashgan, «Durbek-2002» fermer xo'jaligida paxta yig'im-terimiga chiqishgan vaqtida, ushbu fermer xo'jaligi ishchisi Y.G terimchilarga oldin terilgan paxtalarning ichidan chiqindi chiqqanligini, shu sababli paxtani toza terishini aytib, ushbu o'qituvchilar bilan tortishgan vaqtida 36-sonli maktab-internatining o'qituvchisi R.Q «Durbek 2002» fermer xo'jaligi ishchisi Y.G qo'lida turgan temir tarozisi bilan birgalikda suratga olib, ushbu holatni «maktab-internat tarbiyachilarini fermer qurol o'qtalib majburlab paxta terdirmoqda» deya ijtimoiy tarmoqning telegram mesenjeri orqali «Navoiy kanaliga» chiqarganligi holati aniqlanib, mazkur holat tuman IIBning Sh-2 kitobiga qayd etildi. Aslida fermerning ishchisi qo'lida tarozi borligi keyin oydinlashdi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan qo'shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

“Shuningdek, holatga taalluqli yana bir ma'lumotni keltirib o'tmoqchimiz. 10 oktyabrь kuni haftaning shanba kuni bo'lgan, paxta terimiga borgan tarbiyachilar o'z xohishlariga binoan chiqqanliklarini alohida aytib o'tishdi”, – deyiladi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabarida.