Davlat test markazi direktori o'rinbosari Sardor Rajabov kelgusi yillarda bunday muammo bo'lmasligi uchun harakat qilinayotganini aytdi.

DTM sayti uchun o'tgan yilgiga qaraganda bu yil qo'shimcha serverlar sotib olingan edi. Hujjat topshirishning dastlabki kunlari soniyasiga 15-16 ming odam saytga kirgan bo'lsa, bu yuklama oxirgi kunlarda 55 minggayetgan.

Imtihon natijalari e'lon qilingan kunda soniyasiga 600 mingdan ortiq odam saytga kirgan. Serverlar o'tgan yilgiga qaraganda yaxshiroq bo'lsa ham, lekin baribir yuklama yuqori bo'lgani uchun sayt uni ko'tara olmagan.

DTM saytiga har doim ham 600 mingdan ortiq murojaat bo'lmaydi. Bunday yuklama bir yilda nari borsa, bir-bir yarim kunni tashkil qiladi.