Haqiqiy 100 ming so'mlik kupyuraning qog'ozi soxtasidan ko'ra yupqaroq bo'ladi. Haqiqiy kupyuraning old tomoni chap yuqori burchagida o'zgaruvchan rangda 100 000 soni yozilgan. Yorug'likning turli burchaklaridan qaralganda uning rangi o'zgaradi.

Haqiqiy kupyurada Mirzo Ulug'bek haykali surati qog'ozning ichki qismida tasvirlangan. Soxta pulda esa bu tasvir yo qog'oz ustida bo'ladi yoki umuman bo'lmaydi.

Ko'zi ojizlar pulning haqiqiy ekanini uning old qismiga 100 000 raqami qabariq qilib yozilganidan farqlashi mumkin.