O'zbekistonda kasallik alomatlarisiz kechayotganyengil shakldagi bemorlarni uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibi ishlab chiqiladi hamda qabul qilinadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi qarori qabul qilindi.

Shuningdek, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotganyengil shakldagi bemorlar va karantinga olingan muloqotdagilarni yashash manzili bo'yicha qat'iy nazorat olib boriladi.

Uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibini buzgan fuqarolarga belgilangan tartiba javobgarlikka tortiladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan bemorlar uch toifaga ajratilayotgani xabar qilingan edi. Kasallik alomatlarisiz kechayotganyengil shakldagi bemorlarga uy sharoitida davolanishiga ruxsat etiladi.