Janubiy Koreya hukumati O'zbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 5 million dollar miqdorida favqulodda yordam ko'rsatishga qaror qildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qilmoqda.

Ushbu dasturni tez fursatlarda amalga oshirish maqsadida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan O'zbekiston Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumini imzolash rejalashtirilgan.

Ushbu ko'mak doirasida COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan tibbiy muassasalarni asbob-uskunalar bilan jihozlash, kadrlar malakasini oshirish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

Xususan, tibbiyot sohasi mutaxassislarining zamonaviy bilim va ko'nikmalari mustahkamlanadi. COVID-19 haqida ma'lumot beradigan mobilь ilovalar ishlab chiqiladi. Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari zarur shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanadi.