Effect.uz axborot agentligi 2 oy muqaddam o'z sahifalari

ga joylashtirgan ruscha reklama bannerlaridan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda Effect.uz rahbari Akmal Eshonxonov ma'lum qilgan.

“Bundan ikki oy avval Rossiyaning reklamalar bilan shug'ullanadigan kompaniyalaridan biri bilan reklama hamkorligi masalasi bo'yicha taklifni qabul qilgan edik. Ammo bu reklama bannerlari saytga kirib yangilik va maqolalarni kuzatadigan o'quvchilarga noqulaylik tug'dirayotgani sabab hozirda bu reklama bannerlari saytdan olib tashlandi va kelgusida reklama masalasida faqat aniq takliflar bilan ishlashga qaror qilindi.

To'g'ri, reklama bu pul degani ammo, biz o'quvchilar soni oshishi hamda ularning saytda bemalol hech qanday ortiqcha reklamalarsiz xabar va maqolalarni o'qishga sharoit yaratib berishni maqsad qilganmiz. Bu xatoni boshqa takrorlamaymiz va kelgusida sayt o'quvchilariga qulayliklar yaratish uchun izlanamiz.

Yaqin kunlarda saytning mobilь dasturi ham ommaga havola qilinadi. Zero shiorimizga yarasha bo'lgani kabi “Maqsad sari birgalikda” harakat qilar ekanmiz, maqsadimiz bir joydan chiqishi shart va bunda bir-birimizni qo'llab-quvvatlaymiz degan umiddamiz. Reklamalarni o'chirishda bizga yaqindan yordam bergan dasturchi Kamron Fozilov va sayt SMM menejeri Ramziddin Zayniddinovga foydali takliflari uchun minnatdorlik bildiramiz”, deydi Akmal Eshonxonov.

Ma'lumot uchun, EFFECT.UZ internet nashri 2019 yilning 1 noyabrь kuni elektron OAV sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lib, nashr bu kungacha ko'plab mavzularni yoritish va tanqidiy-tahliliy maqolalari bilan O'zbekistondayetakchi OAVlardan biri hisoblanadi.