Moliya instituti rektori ishdan ketdi. Bu haqda OAVda xabarlar tarqaldi.

2018 yildan buyon rektor bo'lib ishlagan Ulug'bek Azizov ishdan ketgani aytilmoqda.

Institutning ilmiy ishlar va innovasiyalar bo'yicha prorektori Mehmonov Sultonali Umaralievichga institut rektori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.

Hozircha Ulug'bek Azizov qaysi ishga o'tgani ma'lum emas.