O'zbekistonning uch nafar xonandasi Xitoy nashri tuzgan Markaziy Osiyoning eng go'zal xonandalari ro'yxatiga kiritildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Reytingga o'zbekistonlik xonandalar — Shahzoda, Rayhon va Lola Yo'ldasheva kiritildi.

Shuningdek, ro'yxatda Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistonning eng mashhur qo'shiqchilari nomlari keltirilgan.

Reyting mualliflari Markaziy Osiyo nafaqat o'zining go'zallari bilan, balki iste'dodli xonandalari bilan ham mashhurligini ta'kidlab, TOP-13 xonandaning ro'yxatini taqdim etdi.