Farg'ona viloyati Yozyovon tumanida “Nexia-2” ishtirokida YTH sodir etdi. Bu haqda Farg'ona viloyati IIB xabar bermoqda.

Manbaning xabar berishicha, 11 iyunь kuni fuqaro M.Sh. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasini Yangiobod MFY hududida boshqarib ketayotib, yo'lning notekis joyida boshqaruvni yo'qotib, yo'l chetiga ag'darilib ketishi oqibatida haydovchi M.Sh. yo'lovchilar Sh.N. va M.I.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, yo'lovchi Sh.N. ko'rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.