Prezident Qashqadaryoga go'shtdan boshqa hamma narsa tashqaridan olib kelinayotganini tanqid qildi

Prezident Qashqadaryoga go'shtdan boshqa hamma narsa tashqaridan olib kelinayotganini tanqid qildi. Bu haqda kun nashri xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, 26 may kuni o'tkazilgan yig'ilishda viloyatlar bo'yicha inflyasiya hisob-kitobi qilingan va eng og'ir vaziyat Qashqadaryoda kuzatilgan.

Xususan, villoyatga hamma narsa tashqaridan kirib kelayotgani tanqid qilindi. Prezidentning aytishicha, ichki imkoniyatdan kelib chiqib amalga oshirish mumkin bo'lgan ish o'rni ham tashqaridan kelyapti.

“Viloyatgayetmish foiz mahsulot tashqaridan kirib kelyapti. Viloyatda faqat go'sht bor. Boshqa biror soha mahalliylashtirilmagan. Hisob-kitob qildik, hatto Andijongayam juda ko'p narsa tashqaridan boryapti. Qashqadaryoga mahsulotlar Samarqand, Buxoro va Toshkentdanyetib boryapti”, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Yig'ilishda shuningdek, Qashqadaryodan Sirdaryoga qurilishga yuborilgan quruvchilar uchun hatto etik va maxsus kiyim ham topilmagani, bu mahsulot Urgutdan olib kelingani aytildi.