Namangan shahar Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Dilnoza Zokirova Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 avgustdagi “Tadbirkorlik sub'ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to'xtatish tartibi hamda moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini davlat reestridan chiqarish tartibi to'g'risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 704-sonli qarori bo'yicha muhim savollarga javob berdi.

1. Tadbirkorlik sub'ektlarini ixtiyoriy tugatishda agar tijorat tashkilotining kreditorlarni talablarini qondirish uchun pul mablag'lari hamda mol-mulkiyetarli bo'lmasa tugatish jarayoni qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob: Mazkur holatda tugatuvchi tomonidan tijorat tashkilotini bankrot deb topish to'g'risida iqtisodiy sudga murojaat qilinishi lozim.

2. Ixtiyoriy tugatish to'g'risidagi qaror nusxasini boshqa tashkilotga ham beramanmi?

Javob: Xizmat ko'rsatuvchi bankka va xorijiy valyutadagi mablag'lari jamlanadigan bankka.

3. Korxonamni xarakatsiz xolatga tushganligi to'g'risida Davlat xizmatlari markazidan aloqa xati keldi. Bu nima?

Javob: Korxonaning to'qqiz oy mobaynida bank hisobvaraqlariga pul mablag'lari tushmaganligi hamda soliq hisobotlari taqdim etilmaganligingiz sababli harakitsiz xolatga tushgansiz.

4. Korxonani tugatilganligi to'g'risida qarordan Davlat soliq xizmatiga beramanmi?

Javob: Yo'q. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ uch ish kuni ichida soliq, statistika va Xalq bankining tegishli tartibda xabardor qiladi.

5. Korxonani qancha muddatda tugatish ishlarini yakunlashim kerak?

Javob: Umumiy muddati olti oydan oshmasligi kerak.

6. Korxonada tugatish ishlari yakunlandi nima hujjatlarni taqdim etaman?

Javob: Quyidagi hujjatlarni taqdim etasiz.

-tijorat tashkilotining barcha hisob varaqlari yopilganligi to'g'risida xizmat ko'rsatuvchi banklarning ma'lumotnomalari;

-tijorat tashkilotining muhr va shtamplari (agar mavjud bo'lsa);

-vakolatli organ tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlarni bekor qilish to'g'risidagi ma'lumotnoma (agar mavjud bo'lsa);

-tijorat tashkiloti hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (davlat ro'yxatidan o'tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari bundan mustasno).

7. Necha kunda tugatilganligi to'g'risida hujjatni olaman?

Javob: Uch ish kunida.

8. Davlat Soliq xizmati tomonidan necha kunda tekshirishga chiqadi?

Javob: Soliq organi tomonidan uch ish kuni tekshirishga kirishadi va uning muddati o'ttiz kalendarь kundan oshmasligi belgilangan.

9. Korxonaning ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati qancha muddatni tashkil etadi?

Javob: Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to'g'risida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.

10. Tijorat tashkilotini harakatsiz holatga o'tkazilganligi to'g'risida kim xabardor qiladi?

Javob: Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ uch ish kunida korxonaning muassislariga (qatnashchilariga) Tizimda tijorat tashkilotining harakatsiz holatga o'tkazilganligi to'g'risida xabarnoma yuboradi.

11. Oraliq balansi kim tomonidan tuziladi?

Javob: Korxona muassislari yoki ishtirokchilari tomonidan tuziladi.