Samolyot salonida kasal yoʻlovchi boʻlsa, ventilyatsion tizim orqali salonda oʻtirgan hamma kasal boʻlishi mumkinligi haqida yaqin kunlarda tarqalgan maʼlumotlarni butunlay rad etuvchi juda muhim video tarqaldi. Ushbu lavhani aviatsiya tuzilmalari boʻyicha mutaxassis tayyorlagan.

Qisqacha aytganda — salonda havo tepadan pastga qarab aylanadi, boshqacha boʻlishi mumkin emas. Havo hajmi esa har 2-3 daqiqada yangilanadi.

Tozalash filtrlari 98 % virus va bakteriyalarni saqlab qoladi. Salondan havo pastki boʻlma uskunalarini sovutish uchun haydaladi, keyin esa klapan orqali salon dumi tomonga chiqarib yuboriladi.

Uchuvchilar kabinasidagi bosim yoʻlovchilar saloniga nisbatan baland (yongʻin kelib chiqqanda tutun qoplamasligi uchun), shuning uchun uchuvchilarning kasal boʻlish ehtimoli ham yoʻq.