Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) va Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) bugungi kunda sport va jismoniy faoliyat orqali salomatlikni targʻib qilish uchun birgalikda ishlash toʻgʻrisida bitim imzoladilar.

“Men xalqaro Olimpiya qoʻmitasi bilan bu uzoq yillik hamkorlikni rasmiylashtirishdan mamnunman biz nafaqat kasallikka javob berishimiz, balki odamlarning sogʻlom hayotini amalga oshirishga yordam berishimiz kerak va oʻylaymanki bu hamkorlik buni amalga oshiradi. Jismoniy faoliyat salomatlik va farovonlik kalitlaridan biri “ dedi butun dunyo sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus.

Hozirgi COVID-19 pandemiyasi, koʻproq yuqumli bo'lmagan kasalliklarga ega (yurak kasalligi,qandli diabet) boʻlgan odamlarga kuchli taʼsir qilmoqda va oʻlim xavfini koʻrsatmoqda. Shartnoma Sport orqali yuqumli boʻlmagan kuchli kasalliklar oldini olish alohida eʼtiborga olinadi. Jismoniy faoliyat qon bosimini pasaytiradi va gipertenziya, koronar yurak kasalligi, qon tomir, diabet va turli xil saraton (koʻkrak bezi saratoni va yoʻgʻon ichak saratoni) xavfini kamaytiradi.

Ikki tashkilot ham birgalikda ishlash niyatida, ayniqsa, qizlar, keksalar va nogironlik bilan yashaydigan odamlar orasida faol va sogʻlom turmush tarzini kuchaytiradi.

“Hozirgi inqiroziy davrda sport- jismoniy va ruhiy salomatlik uchun qanchalik muhimligini koʻrdik. Sport — hayotimizni saqlab qola oladi”, — deydi XOQ Prezidenti Tomas Bax. “XOQ dunyo hukumatlarni nafaqat yuqumli boʻlmagan kasalliklar, balki yuqumli kasalliklarning oldini olishda ham sportning muhim rol oʻynashi va sportni qoʻllab-quvvatlashga chaqirmoqda”

Global miqyosda, dunyodagi oʻsmir aholining 80% dan koʻprogʻi jismonan faol emasligini taxmin qilinmoqda. Yangi hamkorlik jismoniy faoliyat boʻyicha Global tadbirlar rejasida belgilanganidek, jismoniy faollikni 15% ga oshirish boʻyicha global maqsadga erishish uchun xalqaro, mintaqaviy va milliy darajadagi sport va sogʻliqni saqlash sohalarini birlashtiradi.