“Oʻzburgʻuneftgaz” AJ, “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ, “Oʻzneftmahsulot” AJ, “Oʻzneftgazmash” AJlar “Oʻzbekneftgaz” AJga qoʻshish yoʻli bilan qayta tashkil etildi.

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad — Oʻzbekiston Respublikasining neft-gaz sohasini rivojlantirish va sohaning mavjud imkoniyatlarini toʻliq ochib berishdan iboratdir.

Bundan buyon “Oʻzbekneftgaz“ AJ yuqorida keltirilgan aksiyadorlik jamiyatlarining barcha majburiyatlari, jumladan, dividend qarzdorliklarini soʻndirish boʻyicha ham huquqiy voris hisoblanadi.