Toshkent viloyati shahar va tumanlari boʻyicha yashil, qizil va sariq hududlar belgilandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Unga koʻra,

Qizil (oxirgi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan) hududlar: Yangiyoʻl shahri, Yangiyoʻl tumani, Oqqoʻrgʻon tumani, Zangiota tumani, Parkent tumani.

Sariq (oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud boʻlgan) hududlar: Angren shahri, Chirchiq shahri, Bekobod tumani, Qibray tumani, Quyi Chirchiq tumani, Oʻrta Chirchiq tumani, Chinoz tumani, Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent tumani.

Yashil (koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan yoki aniqlangan shaxslar toʻliq sogʻaygan) hududlar: Olmaliq shahar, Ohangaron shahar, Bekobod shahri, Nurafshon shahri, Ohangaron tumani, Boʻstonliq tumani, Boʻka tumani, Piskent tumani.

Facebook Comments