Oʻzbekiston axborot agentligi (OʻzA) muxbiri Anora Sodiqova ishdan ketganini eʼlon qildi.

Anora Sodiqova oʻzining ishdan ketishini shunday izohlagan:

ANONS: Qancha jurnalistlar xorijda sargardon ularga men ham qoʻshilaymi?…

Karl Marksga oʻxshatma: Mening atrofimda bir sharpa kezib yuribdi — bu Xayriddin Sultonov sharpasimi?…

Ha, payt poylandi, shu lahzalar kutildi… hukumat mulozimi Xayriddin Sulton tomonidan bir qora quyun yuborildi…

Bu haqida batafsil maʼlumot toʻplab keyin eʼlon qilaman. Men hukumat mulozimini nohaq ayblaganim yoʻq edi. Qodiriyning muzeyi ochilishidagi maʼruzasini eshitayotib, vijdonim tinchlik bermaganidan yozgan edim. Xolbuki, jadidchilar, ayniqsa, Fitrat, Choʻlpon, Qodiriylarning nomini va hatto jadid soʻzini matbuotda ishlatishni aynan shu kishininig oʻzlari taʼqiqlab kelgan edilar. Yoki sevimli shoirimiz Rauf Parfi muxlislari va shogirdlari har yil tugʻulgan kunini qilishga harakat qilishadi, bir yili hatto hukumat qaroriyam chiqdi. Lekin oʻtmadi. Bunga kim toʻsqinlik qildi va qilib kelmoqda?.. Nega siz emas, men ketishim kerak?

Sizning shaxsiy qarashlaringiz, mahalliychilik millatchilik va guruhvozligingiz tufayli qancha odamlarning uyi kuyib ketdi. Vatandan bosh olib ketdi, tuprogʻini tashlab ketdi. Lekin ularning koʻpining bu qismatiga Davlat yo davlat rahbarlari emas siz aybdor edingiz.

Siz jadidlarniyam, Rauf Parfiniyam va boshqa isteʼdodli ijodkorlarni ham davlat koʻziga olaboʻji qilib koʻrsatish hadisini oldingiz. Buning sizga beradigan foydasi joyingizda uzoq oʻtirish… Oʻzini qoʻy ogʻzidan choʻp olmaganday qilib tutadigan siz juda ustasiz. Bu makkorlik qurbonlari juda koʻp.

Qancha jurnalistlar xorijda sargardon ularga men ham qoʻshilaymi, yoʻq. Qancha yozuvchi, qancha qalamkashning uyini kuydirdingiz, endilar bas qilgandir, deb oʻylab yurgandi, bu bechora mazlum ziyolilar. Yana boshlandimi?..

Aslida ketish navbati sizga emasmidi… Endi sizni navbatingiz muhtaram Xayriddin Sulton.

30 yildan beri sizga hamroh boʻlgan kreslolar ham gʻichirlab qolgandir, kabinetda hamon eski zamon nafasi dimiqib qolgandir…

Kabinetingizni ozod qiling…

Yuzsizlarda, katta davlat mulozimi boʻlib menga oʻzingizni maqtab feysbukka qoʻyib yuborsin deb shotirlaringizdan yuborgan maʼruzangizni ham saqlab qoʻyganman. Axir qanday qilib sizning qalamingizdan toʻkilgan satrlarga men familiyamni qoʻyish mumkin? Menda sizdek mahorat yoʻq-ku.

Hammasi haqida alohida aytadigan fursat keldi. Oʻshanda men sizni nohaq ayblamagandim.

Men emas siz keting Muhtaram Xayriddin Sultonov.

PS: Layk bosishga ham qoʻrqib turganlar oʻqimasin…

Ayni vaqtda Anora Sodiqovaning ishdan ketishi ortidan bir guruh jurnalistlar norozilik bildirib, unga dalda boʻlishga intilishmoqda.

Facebook Comments