“Yuventus” yarimhimoyachisi Miralem Pyanich kelasi mavsumdan faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport’ning xabar berishicha, bosniyalik 30 yoshli futbolchi “Barselona” safiga o‘tishga rozilik bergan. Miralem Kataloniya klubi bilan kelishuvga erishib bo‘ldi, endi klublarning transfer borasida kelishuvga erishishlarini kutmoqda. “Yuventus” Pyanichni 60 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq, Pyanich Artur evaziga “Barselona” ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Pyanichning Turinliklar bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.

30 yoshli yarim himoyachi A Seriyaning 22 o'yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Facebook Comments