Kecha, 7-may kungi videoselektor yigʻilishida prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi oqibatida qatnovlar toʻxtagani sabab Oʻzbekistonga qayta olmagan yurtdoshlarni qaytarish haqida toʻxtalib oʻtdi.

“Хориждан биринчи бўлиб 11 мингга яқин қийналган фуқаролар олиб келинади” – Шавкат Мирзиёев

Опубликовано Effect.uz Четверг, 7 мая 2020 г.

“Hammaga maʼlumki, koʻp davlatlarda Oʻzbekiston fuqarolari bor. Biz hozir tizimli ravishda, imkoniyatimizga qarab ularni olib kelishimiz kerak. Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa joylardan olib kelishni boshladik ham. Ular orasida qiynalganlari bor. 11 mingga yaqini ancha qiynalgan. Reja qilib, birinchi navbatda ularni olib kelish boʻyicha choralar koʻryapmiz”, dedi davlat rahbari.

Prezident charter reyslar orqali olib kelingan fuqarolar orasida koronavirus yuqtirib olganlar oz emasligi va shuni inobatga olib, tegishli ehtiyot choralarini koʻrish zarurligini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyevning qoʻshimcha qilishicha, ayni paytda Oʻzbekistonda 45 ming kishi karantinda boʻlib turibdi.

Facebook Comments