Toshkent shahrida jinoyatchining qurboniga aylangan ayol qutqarildi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 5-may kuni soat 20:15 larda Mirzo Ulugʻbek tumani, 2-sonli IIBning navbatchilik qismiga fuqaro D.P. murojaat qilib, Mirzo Ulugʻbek tumani, S-1 mavzesida yashovchi A.X. xonadonidan shubhali shovqin-suronli ovozlar eshitilayotganligi haqida xabar bergan.

Yuqoridagi holat yuzasidan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 1-batalyon, 1-otryadi xodimlari safdorlar Sh.Toxirov va S.Komolovlar jabrlangan fuqaro yashovchi uyning kirish-chiqish yoʻlagidan yugurib chiqib, xodimlarni koʻrib voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan shaxsni ushlaganlar.

Tuman 2-sonli IIB Jinoyat qidiruv boʻlimida uning shaxsiga oydinlik kiritilganda, u Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Peshqadam koʻchasida yashovchi Ya.A. ekanligi hamda muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan.

Xodimlar yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha uyga kirishganda, u yerda yashovchi X.M. ogʻzi, qoʻli va oyoqlari skotch bilan bogʻlangan holda tanasi va yuzidagi turli jarohatlar bilan topilgan va birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Facebook Comments