Oliy majlis senati raisi Tanzila Norboyeva Turkiya Respublikasi Buyuk milliy majlisi spikeri Mustafa Shentop bilan telefon orqali suhbat oʻtkazdi. Maʼlum qilinishicha, suhbatimiz samimiy va doʻstona ruhda boʻlib oʻtgan.

“Turkiyalik hamkasbimiz barcha yurtdoshlarimizni muborak Ramazon oyi bilan tabrikladi. Bugungi sinovli kunlarda mamlakatimiz ahliga kuch-kuvvat tilab, hozirgi murakkab vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan tezkor va muhim choralarni alohida eʼtirof etilgan”, deyiladi Tanzila Norboyeva matbuot xizmati xabarida.

Qoʻshimcha qilinishicha, ikki davlat rahbarlari tashabbusi bilan turli sohalarda hamkorlik jadal rivojlanib borayotgan bir paytda parlamentlararo munosabatlarni yana-da kengaytirish yuzasidan fikr almashilgan.

Facebook Comments