Bugun, 8-may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov ishtirokida Sardoba suv omboridagi falokat boʻyicha brifing oʻtkazildi.

Uning aytishicha, suv toshqini oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32381 gektar maydonlari talofat koʻrgan. Toshqin 10 ta mahalla, 23 ta aholi punktlari hududidagi 4711 ta turar va 277 ta noturar joy obyektlari, 30718 gektar ekin maydonlariga zarar yetkazgan.

Сардобадаги тошқин 30 мингдан ортиқ гектар экин майдонларига зарар етказган

Сув тошқини оқибатида Сардоба, Мирзаобод ва Оқолтин туманларининг жами 32381 гектар майдонлари талофат кўрган.Тошқин 10 та маҳалла, 23 та аҳоли пунктлари ҳудудидаги 4711 та турар ва 277 та нотурар жой объектлари, 30718 гектар экин майдонларига зарар етказган.Ҳозирги кунда ФВВ, Мудофаа, ИИВ, Миллий гвардия томонидан 17000 нафарга яқин шахсий таркиб, 2500 дан ортиқ техника, 300 га яқин мотопомпа ёрдамида тошқин оқибатларини бартараф этиш ишлари давом этмоқда.ФВВ, Соғлиқни сақлаш вазирлиги, Давлат ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш давлат қўмитаси ва уларнинг Сирдарё вилояти бўлинмалари томонидан Сардоба туманининг Дўстлик, Қўрғонтепа, Юртдош аҳоли пунктларида жами 743 бош, Оқолтин тумани аҳоли пунктларида жами 551 бош, Мирзаобод туманидаги аҳоли пунктларида жами 1330 бош нобуд бўлган ҳайвонларнинг жасадлари кўмиш йўли билан зарарсизлантирилди.

Опубликовано Effect.uz Пятница, 8 мая 2020 г.

Hozirgi kunda FVV, Mudofaa, IIV, Milliy gvardiya tomonidan 17000 nafarga yaqin shaxsiy tarkib, 2500 dan ortiq texnika, 300 ga yaqin motopompa yordamida toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

FVV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va ularning Sirdaryo viloyati boʻlinmalari tomonidan Sardoba tumanining Doʻstlik, Qoʻrgʻontepa, Yurtdosh aholi punktlarida jami 743 bosh, Oqoltin tumani aholi punktlarida jami 551 bosh, Mirzaobod tumanidagi aholi punktlarida jami 1330 bosh nobud boʻlgan hayvonlarning jasadlari koʻmish yoʻli bilan zararsizlantirilgan.

Maʼlumot uchun, 1-may kuni Sirdaryoning Sardoba tumanida roʻy bergan suv toshqini oqibatida atrofdagi hududlardan, jumladan Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridan ham jami 90 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi. Suv Qozogʻiston janubiga kirib borishi tufayli Turkiston viloyati Maqtaraal tumanida 10ta qishloqni suv bosdi va xavfli hududlardan 30 mingdan ortiq kishi koʻchirildi. Toshqin oqibatida, Milliy gvardiyaning bir nafar xodimi suvda oqib halok boʻldi, yana biri ayni vaqtda qidirilmoqda.

Facebook Comments