Sardoba suv omboridagi falokatdan soʻng Milliy gvardiyaning uch xodimi suvda oqib ketgan. Xodimlarning biri voqea joyidan 15 kilometr uzoqlikda sogʻ holda topilgan. Ikkinchi xodimning jasadi 3-may kuni topilgan, uchinchi xodim hali topilgani yoʻq. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bergan.

Avvalroq 1-may kuni erta tongda Sirdaryo viloyati hududida joylashgan “Sardoba“ suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketganligi xabar berilgandi.

Natijada, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Suyarov Husniddin Zokirovich tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok boʻlgan. Ayni vaqtda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda.

Facebook Comments