Respublikasi maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq 2020-yil 8-may kunidan boshlab, “sariq” toifadagi Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hamda “yashil” toifadagi Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida yoʻnalishsiz taksilar faoliyatiga ruxsat etildi. Bu haqda transport vazirligi xabar bermoqda.

Mazkur faoliyatni amalga oshirishda bajarilishi majburiy boʻlgan ayrim qoidalar ham belgilandi:

Xususan, yoʻnalishsiz taksilar:

– yoʻlovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi oʻrindigʻi yoʻlovchilar oʻrindigʻidan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan toʻsilgan boʻlishi,

– haydovchi va yoʻlovchi tibbiy niqobda boʻlishi (tibbiy niqobsiz yoʻlovchini tashish taqiqlanadi),

– yoʻlovchilar avtotransport vositasi saloni orqa oʻrindigʻiga oʻtkazilishi,

– yoʻnalishsiz taksi haydovchisi faqat oʻz (avtotransport vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) hududida harakatlanishi lozim.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan ruxsat berilgan faoliyat turlarini oʻrnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

Facebook Comments