Mutaxassislarning fikricha, inqirozgacha boʻlgan hajmda xalqaro ilmiy harakatlanishni tiklash 5 yilgacha davom etishi mumkin.

Shu munosabat bilan xorijiy talabalar, aspirantlar va yosh olimlar bilan ishlashning muqobil usullarining ahamiyati oshishi mumkin.

Dunyo universitetlari yangiliklari onlayn nashri (University World News) ning doimiy mualliflari Entoni Ogden (Vyoming universiteti, AQSH), Bernard Straitvizer (Jorj Vashington universiteti, AQSH) va Kristof Van Mol (Tilburg universiteti, Niderlandiya)larning taʼkidlashicha, kelgusi yillarda universitetlar oʻrtasida oʻzaro kichik hamkorliklar oshib boradi.

Bunday hamkorlik doirasida universitetlar turli xil xalqaro dasturlarni amalga oshirishlari mumkin, bu esa talabalarni boshqa mamlakatga koʻchirishni talab qilmaydi.

Qator oʻquv kurslari va dasturlarning onlayn rejimga oʻtishi, shubhasiz oliy taʼlimda onlayn taʼlimni tan olishning oʻsishiga olib keladi.

Ekspertlarning fikricha, endilikda yosh olimlar va tadqiqotchilarga uydan chiqmasdan turib, universitet jamoalari bilan birga ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish imkonini beruvchi onlayn-amaliyot kabi yangi taʼlim shakllar tez surʼatlarda rivojlanadi.

Facebook Comments