Avvalroq Oʻzbekistonda matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori imzolangani haqida xabar bergandik.

Qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti taʼsis etilishi belgilangan. Mukofot bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar taqdirlanadi.

U ikki yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashining taklifiga koʻra uchta yoʻnalish (fundamental sohadagi tadqiqot, yoshlar oʻrtasidagi tadqiqot va iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini taʼminlagan tadqiqot) boʻyicha beriladi;

Har bir yoʻnalish boʻyicha Mukofot sovrindorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 50 ming AQSH dollari ekvivalentidagi pul mukofoti beriladi.

Facebook Comments