Oʻzbekistonda 7-may soat 23:00 holatiga koʻra, koronavirus yuqtirib olganlar soni 29 kishiga oshib, kasallanganlar 2298 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 7-may soat 18:00 holatiga koʻra, koronavirusga chalinganlar soni 2269 nafarga yetgan edi.

Kasallanish holatlari soni kamayib, epidemiologik vaziyat barqarorlashib borayotgani munosabati bilan, Oʻzbekiston hukumati karantin choralarini yumshatishga qaror qilgan, mamlakat “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan.

Maʼlumot uchun, 15-mart kuni rasman Oʻzbekistonda infeksiya tasdiqlangach, 10 kishi vafot etdi. 7-may kunida 79 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sogʻayib, xastalikdan forigʻ boʻlganlar soni 1656 nafarga yetdi.Umumiy davolanish koʻrsatkichi 72 foizga yetdi.

Facebook Comments