O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 8 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, 16 kishiga oshib, 2314 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq 6 may kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar soni 29 kishiga oshib, 2298 nafarga yetgani maʼlum qilingandi.

Maʼlumot uchun, O‘zbekistonda 15 martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning o‘n nafari vafot etdi, 1656 nafari esa sog‘aygan.

Facebook Comments