9-may kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida ob-havo nobarqaror boʻladi. Ayrim joylarga yomgʻir, kuchli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzgi harorat 21-26 darajagacha pasayadi.

Bugun va ertaga mamlakat hududida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin.

10-mayda yogʻingarchilik toʻxtaydi, faqat Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarga yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Harorat 3-5 darajaga koʻtariladi.

Facebook Comments