“Milan” va “Inter” klublari Milan shahri ma’muriyatiga “San-Siro” hududidagi yangi stadion va ko‘ngilochar park qurish loyihasini taqdim qilishdi. Bu haqda “Inter” klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Loyihada yangi stadion qurishning ikkita varianti mavjud bo'lib, hozirgi stadionni saqlab qolish, ta’mirlash, savdo-sport klasteri tarkibiga kiritilishini ko‘zda tutadi.

Yangi stadionning sig'imi 60 ming o'rindan oshmaydi. Stadion atrofida 106 ming kv.m. maydonni egallagan yashil zona barpo etiladi. Loyihaning qiymati taxminan 1 milliard evroga baholanmoqda.

Facebook Comments