“Oʻzbekneftgaz” AJda yangi rahbarlik lavozimiga tayinlov amalga oshirildi, deya xabar bermoqda “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining buyrugʻiga asosan transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti boshligʻi lavozimiga Behzod Boburovich Usmonov tayinlangan.

Yurist, injener-texnolog mutaxassisligiga ega boʻlgan Behzod Usmonov Manchester universitetida tahsil olgan. U shu vaqtga qadar “Uzbekistan GTL” korxonasidaBiznesni rivojlantirish boʻyicha direktor lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Facebook Comments