O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov mashg‘ulotlarni boshlab yuborganini va navbatdagi jangi qachon o‘tkazishini ma'lum qildi.

“Assalomu alaykum aziz doʻstlar. Soʻnggi kunlarda menga Pragada vaziyat qanday va uydan tashqarida mashq qilishga imkon bormi degan savollar tez-tez kela boshladi. Chexiyada koronavirus bilan bogʻliq vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi, karantin choralari biroz yumshadi va men sport zalida mashq qilish imkoniyatiga ega boʻldim, albatta, barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda.

Koʻplab obunachilarimni qiziqtiradigan yana bir mavzu — bu keyingi jang sanasi. Biz oʻzimiz UFCdan yangiliklarni kutmoqdamiz, chunki koʻplab mamlakatlar chegaralari hanuzgacha yopiq va hamma joyda ham karantin tugamagan. Men qachon va kim bilan jang qilishim, butun dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yaxshilansagina maʼlum boʻladi. Qiziqishingiz uchun katta rahmat. InshaAlloh tez orada sizlarni yaxshi xabarlar bilan xursand qilaman”, dedi Murodov oʻzining instagramdagi sahifasida.

Facebook Comments