Amerikalik mashhur qoʻshiqchi dunyo boʻylab konsert dasturlari davomida koronavirusni yuqtirib olib, soʻngra tuzalganini maʼlum qildi. U bu haqda oʻzining Instagramdagi sahifasida aytib oʻtgan.
“Agar sizda antitanachalar boʻyicha ijobiy natija chiqqan boʻlsa, bu siz virusga chalinganingizni anglatadi. Men buni 7 hafta oldin Parijda konsertim soʻngida shou dasturimdagi boshqa koʻplab artistlar bilan birgalikda tobim qochgan paytda yuqtirib olganim aniq“, — deb yozadi u.
Madonnaning soʻzlariga koʻra, garchi antitanachalar boʻyicha test natijasi ijobiyligicha qolayotgan boʻlsa-da, tuzalib ketgan.
“Oʻshanda biz ogʻir grippga chalindik deb oʻylagan edik. Shukr, hozir biz sogʻ-salomatmiz“, — deya taʼkidlab oʻtgan u.
Facebook Comments