Belarus Respublikasida prezidentlik saylovi shu yil 9-avgust kuni o‘tkazilishi rasman tasdiqlandi.

Ushbu mamlakat markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, aynan ushbu sana juda qulaydir. Chunki saylovlarning ikkinchi turini ham o‘tkazishga to‘g‘ri kelsa, 30-avgustga qadar yetarlicha muddat bo‘ladi.

Aksariyat saylov uchastkalari joylashtiriladigan maktablarda ham yangi o‘quv yiliga risoladagidek tayyorgarlik ko‘rish imkoniyat yaratiladi.

Tashabbuskor guruhlar o‘z nomzodlarini kelgusi hafta juma kunigacha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirishlari kerakligi ham maʼlum qilindi.

Belarus konstitutsiyasiga muvofiq, prezident besh yil muddatga saylanadi va qasamyod qilgan vaqtdan boshlab vakolatini bajarishga kirishadi.

Facebook Comments