Birlashgan Arab Amirliklari hukumati COVID-19ga qarshi kurash uchun Oʻzbekistonga insonparvarlik yordamining ikkinchi qismini joʻnatdi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlar idorasi WAM nashri maʼlumotiga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 6-may kuni Toshkentga Etihad Airways aviakompaniyasi samolyoti bortiga ortilgan besh tonnalik oziq-ovqat va tibbiyot vositalari bilan kelgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq BAA Oʻzbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordam joʻnatgan edi. Tibbiy niqoblar, qoʻlqoplar, himoya kostyumlari va boshqa vositalar boʻlgan maxsus reys Toshkent aeroportida kutib olingan edi.

Facebook Comments