Bugun, 8-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov ishtirokida brifing oʻtkazildi. Brifingda Sardoba tumanidagi suv toshqini talofatlari va ularni bartaraf etish haqida soʻz yuritildi.

Maʼlum qilinishicha, hududda 1000 dan ortiq texnika, tegishli mutaxassislar va shaxsiy tarkib jalb etilgan. Talofat yetgan tumanlarda ijtimoiy obyektlar, mahallalar va 800 dan ortiq uylar tartibga keltirilgan.

Талофат етган туманларда ижтимоий объектлар, маҳаллалар ва 800 дан ортиқ уйлар тартибга келтирилди

Ҳудудда 1000 дан ортиқ техника, тегишли мутахассислар ва шахсий таркиб жалб этилган. Талофат етган туманларда ижтимоий объектлар, маҳаллалар ва 800 дан ортиқ уйлар тартибга келтирилган.Юқумли касалликларни олдини олиш ва санитар ҳолатни сақлаш мақсадида 300 та дезинфекция машинаси ва 30 та махсус бригада билан дезинфекция ишлари олиб борилмоқда.Нобуд бўлган хайвонларни махсус қўшин мутахассилари томонидан кўмиш ишлари ташкил қилинаётган.Тошқин оқибатида бузилган кўприк ва йўлларни қайта тиклаш учун махсус понтон кўприклардан фойдаланиляпти.Мудофаа вазирлиги алоқа мутахассислари симли ва уяли алоқани тикланишига ёрдам кўрсатишмоқда. Ҳарбий хаво кучлари томонидан кунига қутқарув ишлари учун 30 дан ортиқ парвоз амалга ошириляпти ва ҳарбий шифокорлар томонидан 400 дан ортиқ инсонларга ёрдам ва 2400 дан ортиқ фуқароларга психологик кўмак кўрсатилди.

Опубликовано Effect.uz Пятница, 8 мая 2020 г.

Yuqumli kasalliklarni oldini olish va sanitar holatni saqlash maqsadida 300 ta dezinfeksiya mashinasi va 30 ta maxsus brigada bilan dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. Nobud boʻlgan xayvonlarni maxsus qoʻshin mutaxassilari tomonidan koʻmish ishlari tashkil qilinmoqda.

Toshqin oqibatida buzilgan koʻprik va yoʻllarni qayta tiklash uchun maxsus ponton koʻpriklardan foydalanilmoqda.

Mudofaa vazirligi aloqa mutaxassislari simli va uyali aloqani tiklanishiga yordam koʻrsatmoqda. Harbiy havo kuchlari tomonidan kuniga qutqaruv ishlari uchun 30 dan ortiq parvoz amalga oshirilyapti va harbiy shifokorlar tomonidan 400 dan ortiq insonlarga yordam va 2400 dan ortiq fuqarolarga psixologik koʻmak koʻrsatilgan.

Maʼlumot uchun, 1-may kuni Sirdaryoning Sardoba tumanida roʻy bergan suv toshqini oqibatida atrofdagi hududlardan, jumladan Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridan ham jami 90 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi. Suv Qozogʻiston janubiga kirib borishi tufayli Turkiston viloyati Maqtaraal tumanida 10ta qishloqni suv bosdi va xavfli hududlardan 30 mingdan ortiq kishi koʻchirildi. Toshqin oqibatida, Milliy gvardiyaning bir nafar xodimi suvda oqib halok boʻldi, yana biri ayni vaqtda qidirilmoqda.

Facebook Comments