O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, 33 kishiga oshib, 2266 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Avvalroq 6 may kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar soni 2 kishiga oshib, 2233 nafarga yetgani maʼlum qilingandi.
Maʼlumot uchun, O‘zbekistonda 15 martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning o‘n nafari vafot etdi, 1577 nafari esa sog‘aygan.
Facebook Comments