Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 19 nafar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida 6 nafar, jami32 nafar bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 3 nafari erkak, 4 nafari ayol boʻlib, 5 nafari Toshkent shahridan, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 6 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Turkiyadan charter reysda kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 2018-yil tugʻilgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sogʻayganlarning 9 nafari Toshkent shahridan, Andijon va Xorazm viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 6 nafari Rossiyadan, 1 nafari Turkiyadan hamda 2 nafari Qozogʻistondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 10 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 9 nafari erkak, 10 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 81 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida tuzalganlarning esa 3 nafari Toshkent shahridan, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ularning 1 nafari Turkiyadan, yana 1 nafari Qozogʻiston Respublikasi orqali Rossiyadan kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 4 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 62 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 468 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 500 nafarga yetdi.

Maʼlumot oʻrnida, qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1624 nafarga yetdi.

Facebook Comments